AsosiyJamiyat

Toshkentda ikki bolacha 8-qavatning panjara o`rnatilmagan deraza tokchasiga o`tirib olib, ko`chani tomosha qilishdi (video)

'Toshkentda ikki bolacha 8-qavatning panjara o`rnatilmagan deraza tokchasiga o`tirib olib, ko`chani tomosha qilishdi (video)'ning rasmi

2022 yilning 25 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda Chilonzor tumanida sodir bo`lgan xavfli holat aks etgan video paydo bo`ldi. Unda ikki bolani 8-qavatdagi panjara o`rnatilmagan deraza tokchasida o`tirganini ko`rish mumkin. 

Toshkent shahar IIBBning aniqlanishicha, shu kuni bolalar yonida ularning buvisi, "Katta Olmazor" mahallasida yashovchi 1962 yil tug`ilgan M.U. bo`lgan. Ayol ikki nafar voyaga etmagan nabiralarini nazorat qilmaganligi oqibatida, ular 8-qavatning panjara o`rnatilmagan deraza tokchasida o`tirishgan.

Xonadon egalari bilan psixolog-inspektorlar ishtirokida, bunday loqaydlik va e`tiborsizlik natijasida yuzaga kelishi mumkin bo`lgan og`ir oqibatlar bo`yicha tushuntirish ishlari olib borilgan.

    Boshqa yangiliklar