AsosiyJamiyat

Andijonda 11 yoshli qizini kaltaklagan o`gay onaga jinoyat ishi qo`zg`atildi

'Andijonda 11 yoshli qizini kaltaklagan o`gay onaga jinoyat ishi qo`zg`atildi'ning rasmi

Bundan bir muddat oldin ijtimoiy tarmoqlarda, “Andijonda 11 yoshli qiz o`gay onasi tomonidan kaltaklandi” nomli xabarlar tarqalgan edi. Ushbu holat Andijon prokuraturasi  tomonidan o`rganildi, deb xabar bermoqda viloyat prokuraturasi.

Aniqlanishicha, fuqaro I.X. Oltinko`l tuman IIBga yo`llagan arizasi bo`yicha o`tkazilgan tekshirish natijasiga ko`ra, fuqaro M.X. 2016 yilda S.X. bilan qonuniy nikox asosida, Oltinko`l tuman, Ganjiravon MFY, Gulchilar ko`chasi 46-uyda yashab kelib, S.X ning oldingi turmushidan bo`lgan qizi voyaga etmagan X.I. ni muntazam ravishda urib tan jaroxati etkazib kelgan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro M.X ga nisbatan 28.05.2022 yilda JKning 110-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.  

Hozirda jinoyat ishi bo`yicha dastlabki tergov harakatlari o`tkazilmoqda.  

    Boshqa yangiliklar