"O`zgidromet" xodimi Erkin Abdulahatovning ijtiomiy tarmoqlardagi rasmiy sahifasida e`lon qilishicha, 4 R-112 ''Farg`ona xalqa yo`li'' avtomobil yo`lining Chust tumanidan (To`raqo`rg`on tumani orqali) Namangan shahriga ketaverish qismi ikki yo`l chetidagi g`alla maydonlarida bug`doy yotib qolish holatlari kuzatilmoqda.
— Yuqori ehtimol, vodiy viloyati ko`plab hududlarida ham may oyi uchinchi o`n kunligida esgan kuchli shamol va yog`inlar g`alla maydonlarining juda katta qismida bug`doyda yotib qolish holatlarini keltirib chiqargan. Men ko`rgan maydonlarda zararlanish ko`lami ayrim g`alla maydonlarida 80% ni tashkil etgan, - deydi mutaxassis.






