Moskva Ukrainadagi harbiy mojaroda yadro qurolidan foydalanmaydi. Bu haqda Rossiyaning Buyuk Britaniyadagi elchisi Andrey Kelin “BBC” telekanaliga bergan intervyusida ma`lum qildi, deya yozmoqda Zamon.uz' nashri.
Uning aytishicha, taktik qurollar Ukrainadagi kabi mojarolarda qo`llanilmaydi. Bu harbiy doktrinada belgilab qo`yilgan. Mamlakat xavfsizligiga tahdid bo`lgan taqdirdagina yadro qurollar ishlatilishi mumkin.
“Buning (yadro qurollarining) hozirgi operasiyaga aloqasi yo`q”, - degan elchi.
Ma`lumotlarga ko`ra, Rossiyada taxminan 2000 ga yaqin taktik yadro qurollar mavjud. Ular nisbatan qisqa masofalarda qo`llanilishi mumkin. Ushbu turkumga jang maydonida ishlatiladigan kichikroq bombalar va raketalar kiradi.






