"2023 yilga kelib dunyo aholisini 50 foizgacha qisqartirishni maqsad qilganmiz. Ishonamanki, orzularimizni amalga oshira olamiz". Pfizer nomidan ko`rsatilgan noodatiy gaplar hamda qo`qruvga to`la ko`zlar aks ettirilgan stiker...
Ijtimoiy tarmoqlarda Pfizer bosh direktori Albert Burlaning vaksina borasidagi yuqoridagi kabi biroq biroz boshqa yo`sinda aytilgan gaplari keng tarqatilmoqda.
Qaysidir ma`noda ushbu vaksina bilan emlangan insonlarning yuqoridagi xabarni o`qib, sog` bo`lsada, tobi qochishi ham shubhasiz. Darakchi.uz' internet olamida shov-shuv ko`tarayotgan mazkur mavzu yuzasidan o`rganish olib bordi va ayrim jihatlarga oydinlik kiritdi.
FDA tomonidan tasdiqlangan mahsulotlar bozorini rivojlantirishga alohida e`tibor qaratuvchi, farmasevtika sanoatining kundalik monitori FiercePharma farmasevtika kompaniyasi xabariga ko`ra, Pfizer rahbari shu hafta Shvesariyaning Davos shahrida bo`lib o`tgan Jahon iqtisodiy forumida "Sog`lom dunyo uchun kelishuv" deb nomlangan tashabbusni oshkor qilgan.
Uning ta`kidlashicha, bu "ko`plab kam daromadli mamlakatlar va dunyoning qolgan qismi o`rtasida mavjud bo`lgan sog`liqni saqlash tengsizliklarini kamaytirish" uchun mo`ljallangan hech qanday qirish uchun emas.
Qayd etiladiki, koronavirus pandemiyasi davrida bu tengsizliklar yaqqol namoyon bo`lgan, chunki badavlat mamlakatlar kasallikka qarshi kurashish uchun mahsulotlar birinchi bo`lib etkazib berilgan.
Covid-19'da misli ko`rilmagan muvaffaqiyatiga erishgan deb hisoblanuvchi Pfizer' kompaniyasining rahbari 23 ta dori-darmonni (ularning ko`pchiligi patentlangan) notijorat bahoda 45 ta kam daromadli mamlakatlarga sotilishini aytadi.
Ma`lum qilinishicha, yangi dastur doirasida kompaniya ushbu mamlakatlarga Covid-19'dan o`lim xavfini kamaytiruvchi dori - Paxlovid'ni etkazib beradi. Tashabbus 45 mamlakatda yashovchi 1,2 milliard aholini qamrab olishga mo`ljallangani aytiladi. Pfizer' boshqa kompaniyalarni ham sa`y-harakatlarga qo`shilishga chaqirgan.
Chorshanba kuni ertalab CNBC telekanalida nutq so`zlagan kompaniya bosh direktori mazkur tashabbusni birinchi marta 2019 yilda muhokama qilinganini ta`kidlagan.
Endi siz kutgan kulminasion nuqtaga ham etib keldik. Ya`ni shov-shuv ko`targan o`sha Pfizer'ning 5 yillik rejasiga...
"Hozir orzuni amalga oshirish haqida",- deydi rahbar Albert Burla.
"Men boshqaruvni qabul qilganimda, butun rahbariyat keyingi besh yil uchun rejalar tuzdi. Ulardan biri 2023 yilga borib, biz sayyoramizdagi dori-darmonlarni sotib olishga qurbi etmaydigan odamlar sonini 50 foizga kamaytiramiz"-deydi u.
Xa, xa. Bu erda odamlarga qasd qilish emas, balki ularning jonini, nisbatan qashshoq bo`lgan mamlakatlardagi insonlar jonini saqlash haqida so`z borgan, ya`ni ularni dori bilan ta`minlash. Aynan shu kabi yolg`on ma`lumotlarga aldanib qolmaslik uchun ham rasmiy xabarlar hamda Darakchi.uz' ni kuzatib boring.






