AsosiyJamiyat

Samarqandda imtihonlarsiz, qisqa muddatda "prava" olib bermoqchi bo`lgan avtomaktab xodimi qo`lga tushdi

'Samarqandda imtihonlarsiz, qisqa muddatda "prava" olib bermoqchi bo`lgan avtomaktab xodimi qo`lga tushdi'ning rasmi

Samarqand viloyati Kattaqo`rg`on tumanida fuqarolarga haydovchilik guvohnomasi olib berishni va`da qilgan avtomaktab xodimi pora bilan qo`lga tushdi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari avtomaktab xodimi imtihonlarsiz guvohnoma olib berishi haqidagi ma`lumot yuzasidan tezkor tadbir o`tkazgan. Unda haqiqatdan ham mas`ul xodim ikki nafar fuqaroga qisqa muddatda, mashg`ulotlarga qatnashmasdan “prava” olib berish uchun pul talab qilgani aniqlangan. 

U o`zining "xizmati" evaziga 3 million so`m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

    Boshqa yangiliklar