AsosiyJamiyat

Samarqandda sayyohlar ketayotgan avtobus “Kamaz” bilan to`qnashdi

'Samarqandda sayyohlar ketayotgan avtobus “Kamaz” bilan to`qnashdi'ning rasmi

Baxtsiz hodisa tunda sayyohlarning Buxoroga sayohati vaqtida yuz bergan.

Samarqand IIB YHXB Matbuot xizmatining xabar qilishicha, joriy yilning 22 may kuni soat 01:00 da Ishtixon tumani "Xalqobod" MFY hududidagi yo`lda Buxoro-Samarqand yo`nalishida harakatlanib ketayotgan yo`lovchi avtobus va “Kamaz” yuk mashinasi to`qnashgan.

Natijada, avtobus salonida bo`lgan haydovchining sherigi olgan tan jarohati sabab vafot etgan.

Yo`lovchilardan biri bo`lgan Ruminiya fuqarosi engil tan jarohati olgan.

    Boshqa yangiliklar