AsosiyJamiyat

Prezident g`alla etishtirish va sotishga oid muhim qarorni imzoladi

'Prezident g`alla etishtirish va sotishga oid muhim qarorni imzoladi'ning rasmi

“G`allani etishtirish va sotishda bozor tamoyilini joriy etishning qo`shimcha chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident Qarori (PQ–262-son, 28.05.2022 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko`ra, 2022 yil hosilidan sug`oriladigan maydonlarning har gektaridan o`rtacha 2,5 tonnadan jami 2 550 ming tonna bug`doyning:

- 1 783,5 ming tonnasi tovar bug`doy davlat resursi sifatida hamda 266,5 ming tonnasi urug`lik uchun Qishloq xo`jaligini davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash jamg`armasi mablag`lari hisobidan xarid qilinadi;

- 500 ming tonnasi fermer xo`jaliklari hamda boshqa g`alla etishtiruvchilar tomonidan keyinchalik birja savdolarida sotish uchun Jamg`armaning tijorat vakilida vaqtinchalik saqlashga qabul qilinadi.

2022 yil hosili uchun bug`doy etishtiruvchilardan tijorat vakilida vaqtinchalik saqlash uchun qabul qilingan tovar bug`doy 2022 yilning iyul-avgust oylarida birja savdolari orqali sotiladi.  

Jamg`arma mablag`lari hisobidan xarid qilingan va bug`doy etishtiruvchilardan vaqtinchalik saqlash uchun qabul qilingan:

- 3 va undan yuqori sinflardagi bug`doy – birjadan xarid qilingan bug`doyning 75 foizidan kam bo`lmagan miqdordagi unni birja savdolari orqali sotish majburiyatini olgan, un ishlab chiqarish quvvatlariga ega tadbirkorlarga;

- 4- va 5-sinflardagi bug`doy – barcha tadbirkorlarga Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan grafik asosida birja savdolari orqali hech qanday cheklovlarsiz sotiladi.

Olis, borish qiyin bo`lgan va tog`li hududlarga un va un mahsulotlarini etkazib berish bo`yicha transport xarajatlarining50 foizigacha qismi qoplab beriladi.  

Qarorga ko`ra, endilikda donni qabul qilish va omborlardan chiqarish jarayoni tezkor va shaffof amalga oshirilishini ta`minlash maqsadida d-xarid.uz axborot tizimi ishga tushiriladi.

    Boshqa yangiliklar