Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti (JSST) hozirda maymunchechakning butun dunyo bo`ylab tarqalish xavfini o`rtacha deb baholaydi. Biroq, vaziyat yomonlashishi mumkinligini istisno etmaydi. Bu haqda Reuters agentligiga tayanib, “RBK-Ukraina” xabar bermoqda.
26 may holatiga ko`ra, JSST 257 laboratoriya tomonidan tasdiqlangan va 120 shubhali maymunchechak holatlari haqida ma`lumotga ega bo`lgan. Ta`kidlanishicha, tashkilotga o`lim holatlari haqida xabar berilmagan.
“Hozirda global miqyosda aholi salomatligi uchun umumiy xavf o`rtacha deb baholanmoqda, chunki bu JSST geografik hududlarida maymunchechak bilan kasallanish holatlari va klasterlari haqida bir vaqtning o`zida xabar berishning birinchi holati”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, yuqtirish holatlari asosan bir jinsdagilar orasida qayd etilishi qayd etilgan.






