Ayni paytda AOKAda Oziq-ovqat xavfsizligini ta`minlash, don mahsulotlari korxonalarida transformasiya jarayonlarining natijadorligini oshirish chora-tadbirlari mavzusida bo`zlib o`tayotgan matbuot anjumanida Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasining ijro etuvchi direktori Abdulaziz Haydarov aholiga tarqatilayotgan bir martalik pul mablag`lari bo`yicha ma`lumot berdi.
Ma`lum qilinishicha, Prexzidentning «Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini manzilli qo`llab-quvvatlashga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida»gi 258-sonli qarori bilan yoshga doir, nogironlik pensiyasi va nafaqasini oluvchilarga, bolalikdan nogironlik nafaqasini hamda boquvchisini yo`qotganlik pensiyasini va nafaqasini oluvchi har bir oila a`zosiga hamda o`zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo`lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishlash nafaqasini oluvchilarga bir martalik yordam beriladi.
Shundan:
● Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlarda — 300 ming so`mdan;
● Toshkent shahrida — 400 ming so`mdan.
«Ijtimoiy himoya yagona reestri» axborot tizimi orqali kam ta`minlangan sifatida moddiy yordam oluvchi oilalarga hamda kam ta`minlangan sifatida bolalar nafaqasini oluvchi oilalarning har bir 18 yoshga to`lmagan bolasiga — 200 ming so`mdan.
Bir martalik moddiy yordam to`lovlari ikki hafta muddatda to`liq to`lab beriladi.
"Ayni paytda aholi orasida hammaga pul tarqatilyapti ekan degan, noto`g`ri xabar tarqalishi oortidan Xalq banki kassalari olidad odamlar to`planmoqda. Bu umuman noto`g`ri xabar, bu pulllar hammaga tarqatilmaydi, faqat yuqorida aytilganidek, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayrim fuqarolarga beriladi. 9 millionga yaqin fuqaroga pul berilishi ko`zda tutilgan. Bugun, 30 may holatiga ko`ra, ushbu fuqarolarning 65 foiziga pullar to`lab berildi", dedi Abdulaziz Haydarov.






