Ohangaron tumanidan 5 gektar er maydoni olib berishni va`da qilgan firibgar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar qildi.
Ma`lum qilinishicha, Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro X.N. boshqa bir fuqaro R.ning ishonchiga kirib, unga tanishlari orqali Ohangaron tumani hududidan 5 gektar bo`sh er maydonini 50 ming AQSh dollari evaziga olib berishni va`da qilib, shundan 25 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






