Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Samara shahridagi vakolatxonasiga fuqaro R.N.dan murojaat kelib tushdi.
Murojaatda R.N. Saratovdagi "SPK-Ozyornoe" tashkilotida ishlagani, ish beruvchi uning hujjatlarini olib qo`yib, bermayotganini bildirgan.
Fuqaroning pasportini qaytarish maqsadida Vakolatxona xodimlari ish beruvchi bilan suhbatlashib, xorij fuqarosi hujjatlarining noqonuniy olib qo`yilishi qonunchilikka zid ekanligi tushuntirildi va hujjatlari olib berildi.
Shuningdek, fuqaro X.X. joriy yil fevral oyidan buyon Nijegorod viloyatidagi "Novaya-Kuznichixa" turar-joy kompleksida og`zaki kelishuv asosida ishlagan. Ish jarayonida baxtsiz hodisa tufayli ko`p qavatli binodan yiqilib tushishi natijasida tan jarohati olib, kasalxonaga joylashtirilgan.
Agentlik tomonidan fuqaroga ko`rsatilgan tibbiy xizmat xarajatlari qoplab berildi hamda Moskva-Toshkent yo`nalishidagi aviareys orqali Vatanga qaytarildi.






