AsosiyJamiyat

Jizzaxda bo`ri bolalarini 200 AQSh dollaridan sotmoqchi bo`lgan shaxslar qo`lga olindi

'Jizzaxda bo`ri bolalarini 200 AQSh dollaridan sotmoqchi bo`lgan shaxslar qo`lga olindi'ning rasmi

 

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda Jizzaxda bo`ri bolalari 200 AQSh dollaridan sotilayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Davlat ekologiya qo`mitasi Matbuot xizmatining xabar qilishicha, mazkur holat yuzasidan surishtiruv-o`rganish ishlari olib borildi.

Ma`lum bo`lishicha, Baxmal tumanidagi "O`smat" ShFYda istiqomat qiluvchi T.X.ismli va Baxmal tumanidagi "Novqa" MFYda yashovchi J.M. ismli fuqaro 3 ta bo`ri bolasini ushlab, ularni sotish bo`yicha ijtimoiy tarmoq sahifalariga joylashgan.

Tezkor nazorat reyd tadbirida fuqaro X.T.ning o`ziga tegishli bo`lgan avtomashina yukxonasida 3 ta bo`ri bolasi borligi aniqlandi va ashyoviy dalil sifatida olindi.

Huquqbuzarlarning har biriga MJtKning 90-moddasi 1-qismiga asosan jarima qo`llanildi. Ma`lumot uchun mazkur moddada fuqarolarga BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — 10 baravaridan 15 baravarigacha miqdorda jarima qayd etilgan.

Ayni vaqtda bo`ri bolalari ekologlar tomonidan parvarish qilinmoqda. Ob-havoning qulay bo`lgan vaqtida ularni ushlangan joyiga olib borib, tabiat qo`yniga qo`yib yuborish rejalashtirilmoqda. Bu haqida yana qo`shimcha ma`lumot beriladi.

    Boshqa yangiliklar