Respublikaning barcha viloyat va tumanlaridan bo`lganmizda hokimlar oziq-ovqat zaxiralari etarli ekanligi, bundan muammo yo`qligini aytishadi. Masalan, Andijon viloyati hokimi zaxira ombori kalitini ham qo`lida ko`rsatib, viloyatning eng zarur oziq-ovqat mahsulotlariga zoriqib qolmasligini aytgandi. O`zi umuman O`zbekistonda oziq-ovqat zaxirasi qancha muddatga etadi? Ular qachon, qanday sharoitda va qay tarzda xalqqa taqsimlanadi?
AOKAda bo`lib o`tgan bugungi matbuot anjumanida “Darakchi” muxbiri Sardorbek Rahmonqulovning aynan shu mazmunda bergan savoliga Qishloq xo`jaligi vaziri o`rinbosari Shuhrat Mirzaev quyidagicha javob berdi:
— Bugungi kunda boshoqli don etishtirish respublikamizda 8 mln. tonnaga yaqin. Un masalasida ehtiyojlarmizni to`la qondirish uchun zaxiralarimiz etarli. Don korxonalari unni qayta ishlab, o`zida jamg`arib qo`ygan. Agar yana narxga ta`sir qiladigan bo`lsa, ularni ham bozorga chiqarishga tayyor bo`lib turibmiz.
Meva-sabzavot zaxirasi bo`yicha ham bu yil iqlim juda qulay kelganligi bois muammo yo`q. To`liq o`zimizni qoplab, eksport qilish ustida ham ish olib borilmoqda. Chorva, parranda mahsulotlarida ham oziq-ovqat zaxiralari muammolari bo`lishi mumkin emas. Zaxiralar shakllantirilgan. Viloyat hokimlari qo`llarida zaxira kalitlari haqiqatdan ham bor narsa. Hammasi turibdi. Bundan hech qanday xavotirga o`rin yo`q, – deydi Qishloq xo`jaligi vaziri o`rinbosari.






