AsosiyJamiyat

1 iyundan boshlab soliqqa oid qanday o`zgarishlar kuchga kiradi?

'1 iyundan boshlab soliqqa oid qanday o`zgarishlar kuchga kiradi?'ning rasmi

Davlat soliq qo`mitasi 1 iyundan boshlab kuchga kiradigan o`zgarishlar haqida ma`lum qildi.

  • ▫️“Soliq” mobil ilovasi orqali mulkchilik shaklidan qat`i nazar, birinchi marotaba kelib tushgan murojaat bo`yicha soliq to`lovchi huzuriga borgan holda, profilaktik suhbat o`tkazilib, tadbirkorlik sub`ektining qonun talablarida ish yuritishi to`g`risida rasman ogohlantiriladi. Unga nisbatan ta`sirchan moliyaviy jazo choralari ko`rilmaydi.

 

  • murojaat bo`yicha sayyor soliq tekshiruvi o`tkazilayotgan yoki o`tkazilgan tekshiruv natijasi bo`yicha qaror qabul qilish jarayonida ushbu subekt bo`yicha takroriy tushgan murojaatlar ko`rib chiqilmaydi.  

 

  •  jamoatchilik nazoratini kengaytirish maqsadida, bir fuqaro tomonidan 24 soat ichida 2 tadan ortiq hamda 30 kalendar kuni davomida 1 ta shoxobcha bo`yicha 1 martadan ko`p murojaat yuborilishiga cheklov o`rnatiladi.

 

  •  davlat soliq xizmati organlari xodimlarining huquqbuzarliklar to`g`risidagi murojaatlari mukofot to`lanmaydigan murojaatlar sifatida qayd qilinadi.

 

    Boshqa yangiliklar