AsosiyJamiyat

Toshkentda tezlikni oshirgan haydovchi boshqaruvini yo`qotib, avtohalokatga uchradi

'Toshkentda tezlikni oshirgan haydovchi boshqaruvini yo`qotib, avtohalokatga uchradi'ning rasmi

Toshkent shahar IIBBning xabar berishicha, 2022 yilning 30 may kuni soat taxminan 06:00 larda Chilonzor tumani, Bunyodkor ko`chasida avtohalokat sodir bo`lgan.  24 yoshli haydovchi F.B. “Cobalt”  avtomashinada harakatlanib, tezlik oqibatida rul boshqaruvini yo`qotib yo`l chetidagi beton ustunga urilgan.

YTH oqibatida jarohat olganlar aniqlanmadi.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Hurmatli haydovchilar! Yo`l harakati qoidalariga rioya eting. Tezlikni oshirmang. Sog`lig`ingiz va hayotingizni asrang.

    Boshqa yangiliklar