AsosiyJamiyat

Koreyaga boruvchi mehnat migrantlari uchun topshiriladigan test imtihonining vaqti ma`lum qilindi

'Koreyaga boruvchi mehnat migrantlari uchun topshiriladigan test imtihonining vaqti ma`lum qilindi'ning rasmi

Koreyaga boruvchi mehnat migrantlari uchun EPS-Topik test imtihoni 2 iyundan 15 iyulgacha bo`lib o`tadi . Bu haqda AOKAda o`tkazilgan brifingda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi axborot xizmati rahbari Ortiqxo`ja Norov ma`lum qildi.  

Fuqarolar imtihonga belgilangan vaqtdan 1 soat oldin ko`rsatilgan manzilga etib kelishi va ro`yxatdan o`tishi lozim.

️Shuningdek, Fuqarolik hamda xorijga chiqish pasportini olib kelmagan va belgilangan sana, vaqtdan kech qolgan fuqarolar imtihonga kiritilmaydi.

 EPS-Topik UBT test imtihoni qoidalarini buzgan fuqarolar 3 yil davomida test imtihonida qatnashish imkoniyatidan mahrum bo`ladi.

 

    Boshqa yangiliklar