2022 yil 30 may sanasida AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) tomonidan O`zbekiston Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatiga o`ta zarur bo`lgan sovuq zanjir uskunalari va kompyuterlar topshirildi.
Bundan ko`zlangan asosiy maqsad - O`zbekistonning milliy immunizasiya tizimini mustahkamlash, deya xabar beradi Sanitariya-epidemiologiya xizmati axborot xizmati.
Umumiy qiymati 1,3 million AQSh dollari bo`lgan 671 ta sovutgich, 212 ta muzlatgich va 150 ta kompyuterni o`z ichiga olgan ushbu uskuna O`zbekistonning vaksinani funksional va samarali boshqaruvini tatbiq etish qobiliyatini oshiradi.
Ushbu jihozlar butun mamlakat bo`ylab birlamchi tibbiy yordam muassasalariga tarqatiladi.






