Insoniyat kelgusi 20 yil ichida yangi pandemiyalarga duch kelishi mumkin. Bu haqda amerikalik milliarder Bill Geyts Ispaniyaning “El Diario” nashriga bergan intervyusida aytib o`tdi. deya yozmoqda "Zamon" nashri.
“Insoniyat yaratgan virus bioterrorchi sifatida ataylab ishlab chiqarilishi mumkin. Yoki dunyoda tabiiy ravishda paydo bo`lishi ham mumkin. Odamlar soni o`sib bormoqda va biz tobora ko`proq ekotizimlarga bostirib boryapmiz. Demak, hisob-kitoblarga ko`ra, yaqin 20 yil ichida iqlim o`zgarishi natijasida tabiiy ravishda yuzaga keladigan pandemiyaga duch kelish ehtimoli 50 foizni ni tashkil qiladi”, — degan u.
Geytsning fikricha, bunday ssenariyning oldini olish uchun insoniyat koronavirus pandemiyasidan saboq chiqarishi kerak. Jahon sog`liqni saqlash tashkilotini moliyalashtirishni 25 foizga oshirish va epidemiyaga qarshi kurash bo`yicha xalqaro guruh yaratish zarur.
Milliarder, shuningdek, maymunchechak haqidagi savolga javob berar ekan, u navbatdagi pandemiyaga sabab bo`lmasligini aytgan.






