2022 yil I choragida 44 183 ta xo`jalik yurituvchi sub`ekt soliq imtiyozlaridan foydalangan bo`lib, ular uchun qo`llanilgan imtiyozlarning umumiy qiymati 9 trillion so`mdan ziyodni tashkil etgan. Bu haqda Ochiq ma`lumotlar portalida ko`rsatib o`tilgan bo`lib, 2022 yil I chorak holatiga ko`ra, soliq imtiyoziga ega sub`ektlar haqidagi ma`lumotlarni tahlil qilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi ma`lum qildi.
Qayd etilishicha, soliq imtiyozlari 7 turdagi soliqlar bo`yicha berilgan va ularning salmoqli qismi qo`shilgan qiymat solig`i hissasiga to`g`ri keladi (93,5 foiz). Keyingi o`rinlardan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig`i (1,6 foiz), foyda solig`i (1,6 foiz), er solig`i (1,3 foiz), ijtimoiy soliq (1 foiz), mol-mulk solig`i (0,6 foiz) va aylanmadan olinadigan soliqlar (0,3 foiz) joy olgan.
Soliq imtiyoziga ega bo`lganlar ro`yxatida mulkchilik shakli turlicha bo`lgan soliq to`lovchilar – davlat korxonalari, xususiy tadbirkorlik sub`ektlari, qo`shma korxonalar, aksiyadorlik jamiyatlari hamda xorijiy kompaniyalar bor.
Eng ko`p miqdorda soliq imtiyozlarini olgan top-20 ta kompaniya:
1. “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ — 1 327, 1 mlrd so`m
2. TIF “O`zmilliy bank” AJ — 530, 6 mlrd so`m
3. “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ — 457,3 mlrd so`m
4. “Ipoteka-bank” ATIB — 422,2 mlrd so`m
5. “O`zbekiston sanoat-qurilish bank” ATB — 400,9 mlrd so`m
6. “Agrobank” ATB — 397,7 mlrd so`m
7. “Davlat aksiyadorlik tijorat banki Asaka” AJ — 251,9 mlrd so`m
8. AT “Xalq banki” — 195,1 mlrd so`m
9. “Kapitalbank” ATB — 181,3 mlrd so`m
10. “Asia trans gas” MChJ — 164,8 mlrd so`m
11. “Qishloq qurilish bank” ATB — 159,4 mlrd so`m
12. “Uzbekistan airways” AJ — 152,8 mlrd so`m
13. “Grand pharm trade” MChJ — 148,3 mlrd so`m
14. “O`zbekiston temir yo`llari” AJ — 147,6 mlrd so`m
15. “Mikrokreditbank” ATB — 129,5 mlrd so`m
16. “Hamkorbank" ATB — 125,0 mlrd so`m
17. “Meros pharm” MChJ — 94,8 mlrd so`m
18. “Aloqabank” AJ — 77,9 mlrd so`m
19. “Trastbank xususiy aksiyadorlik banki” AJ — 58,5 mlrd so`m
20. “Turon bank” ATB — 47,5 mlrd so`m
Mol-mulk solig`i bo`yicha eng ko`p imtiyoz olgan top-10 ta korxona:
1. “Zarafshon oyna” MChJ — 1,81 mlrd so`m
2. “Akfa dream world” MChJ — 0,9 mlrd so`m
3. “Akfa extrusions” MChJ — 0,9 mlrd so`m
4. “Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamg‘armasi” — 0,8 mlrd so`m
5. “Toshissiqquvvati” DUK — 0,7 mlrd so`m
6. “Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti” MChJ — 0,7 mlrd so`m
7. “Namangan-istiqlol bog‘i” MChJ — 0,7 mlrd so`m
8. Xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi — 0,5 mlrd so`m
9. “Asosiy biznes” MChJ — 0,5 mlrd so`m
10. “Oziq ovqat standart karton” MChJ — 0,4 mlrd so`m
QQS bo`yicha eng ko`p imtiyoz olgan top-10 ta korxona:
1. “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ — 1 327,1 mlrd so`m
2. “O‘zmilliy bank” AJ — 530,6 mlrd so`m
3. “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ — 457,3 mlrd so`m
4. “Ipoteka-bank” ATIB — 422,2 mlrd so`m
5. “O‘zbekiston sanoat-qurilish bank” ATB — 400,9 mlrd so`m
6. “Agrobank” ATB — 397,7 mlrd so`m
7. “Davlat aksiyadorlik tijorat banki Asaka” AJ — 251,9 mlrd so`m
8. AT “Xalq banki” — 195,1 mlrd so`m
9. “Kapitalbank” ATB — 181,3 mlrd so`m
10. “Asia trans gas” MChJ — 164,8 mlrd so`m
Ijtimoiy soliq bo`yicha eng ko`p imtiyoz olgan top-10 ta korxona:
1. “Lukoil Uzbekistan operating company” MChJ — 7,7 mlrd so`m
2. “Yagona umumrespublika protsessing markazi” MChJ — 3,5 mlrd so`m
3. “Epam systems” MChJ — 2,8 mlrd so`m
4. “Surhan gas chemical operating company” MChJ — 2,5 mlrd so`m
5. “O‘zbekgeofizika” AJ — 2,3 mlrd so`m
6. Jalaquduq tuman hokimligi — 2,3 mlrd so`m
7. Metodik ta`minlash bo`limi — 1,8 mlrd so`m
8. “DM IT group” MChJ — 1,7 mlrd so`m
9. Hyundai engineering co. LTD — 1,2 mlrd so`m
10. “Fido-biznes” MChJ — 1,2 mlrd so`m
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig`i bo`yicha eng ko`p imtiyoz olgan top-10 ta korxona:
1. “Hamkorbank” ATB — 4,6 mlrd so`m
2. “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ — 3,3 mlrd so`m
3. “Ipoteka-bank” ATIB — 3,2 mlrd so`m
4. AT “Xalq banki” — 2,7 mlrd so`m
5. So`x tumani Xalq ta`limi bo`limi — 2,6 mlrd so`m
6. “Naxshab-texno metal” MChJ — 2,3 mlrd so`m
7. “Agro city”MChJ — 2,2 mlrd so`m
8. “Navobod naslli parranda” FX — 1,8 mlrd so`m
9. “Kapitalbank” ATB — 1,7 mlrd so`m
10. “Uzbekistan airways” AJ — 1,6 mlrd so`m
Aylanmadan olinadigan soliq bo`yicha eng ko`p imtiyoz olgan top-10 ta korxona:
1. “Basell trade” MChJ — 0,8 mlrd so`m
2. “Bog‘ot trade 777” MChJ — 0,7 mlrd so`m
3. “Bek music” MChJ — 0,3 mlrd so`m
4. “Jayxun-lakrista” MChJ — 0,3 mlrd so`m
5. “Aviatash” MChJ — 0,2 mlrd so`m
6. “Angren-qamish-obliq” OK — 0,2 mlrd so`m
7. “Bahori lola” MChJ — 0,2 mlrd so`m
8. “Aloqa servis nurbuloq” XK — 0,2 mlrd so`m
9. “Gessonit gold” MChJ — 0,2 mlrd so`m
10. “Hurshid joyil soft” XK — 0,2 mlrd so`m
Foyda solig`i bo`yicha eng ko`p imtiyoz olgan top-10 ta korxona:
1. AT “Xalq banki” — 33,6 mlrd so`m
2. “Toshkent shahridagi Yeodju texnika instituti” MChJ QK — 21,6 mlrd so`m
3. “Renaissance Heavy Industries” DM — 17,5 mlrd so`m
4. “Sibir” aviakompaniyasi” AJning vakolatxonasi — 15,8 mlrd so`m
5. “Abu dhabi uzbek investment” MChJ QK — 6,5 mlrd so`m
6. “Yangi texnologiyalar ilmiy axborot markazi” DUK — 5,0 mlrd so`m
7. “Procab” MChJ — 2,3 mlrd so`m
8. “Poytaxt qurilish va xizmat” DUK — 2,1 mlrd so`m
9. “Air astana” PU vakolatxonasi — 1,8 mlrd so`m
10. “Parkent broiler” MChJ — 1,4 mlrd so`m
Er solig`i bo`yicha eng ko`p imtiyoz olgan top-10 ta korxona:
1. “Toshkent shahar suv ta’minoti” MChJ — 9,5 mlrd so`m
2. “Amirsoy” MChJ — 9,4 mlrd so`m
3. “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ — 6,2 mlrd so`m
4. “O‘zbekgidroenergo” AJning “O‘rta chirchiq GESlari kaskadi” UK — 5,3 mlrd so`m
5. “Toshkent shahar kichik sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi” DM — 4,0 mlrd so`m
6. “Qo‘ng‘irot yo‘llardan muntazam foydalanish” UK — 3,8 mlrd so`m
7. “To‘polang gidroelektrostansiya davlat korxonasi” UK — 3,6 mlrd so`m
8. “MCHJ shaklidagi dam olish va sportni rivojlantirish xalqaro korporatsiyasi qo‘shma korxonasi” MChJ — 3,1 mlrd so`m
9. “O‘zekspomarkaz” AJ — 2,4 mlrd so`m
10. “Markaziy ippodrom” AJ — 2,3 mlrd so`m
Shuningdek, soliq imtiyoziga ega bo`lib, umuman soliq to`lamagan korxonalar ham bor. Ular imtiyozga ega bo`lgan jami soliq to`lovchilarning 35 foiz yoki 15 ming 478 tani tashkil etadi. O`rganish davrida bunday korxonalarning jami soliq imtiyozlari miqdori 3 trillion so`mdan ziyodni tashkil etgan.
Imtiyozga egaligi uchun umuman soliq to`lamagan korxonalar:
1. “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ – QQS — 1327,1 mlrd so`m
2. “Uzbekistan airways” AJ – QQS — 152,8 mlrd so`m
3. “Toshissiqquvvati” DUK – QQS — 35,4 mlrd so`m
4. “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ – QQS — 33,6 mlrd so`m
5. “Farm luks invest” MChJ – QQS — 24,1 mlrd so`m
6. “SFI management group” MChJ – QQS — 19,5 mlrd so`m
7. “Renaissance Heavy Industries” DM – foyda solig`i — 17,5 mlrd so`m
8. ERIELL OFSME DMCC – 0173 – QQS — 16,2 mlrd so`m
9. “Sibir” aviakompaniyasi” AJning vakolatxonasi – foyda solig`i — 15,8 mlrd so`m
10. “Constanta group” MChJ – QQS — 14,6 mlrd so`m






