AsosiyJamiyat

"Oxirgi paytlarda betob bo`lib, davolanayotgan edilar". Shavkat Mirziyoev muhim masalada boshlangan yig`ilish avvalida O`zbekiston Qahramoni Lolaxon Murodovani xotirladi

'"Oxirgi paytlarda betob bo`lib, davolanayotgan edilar". Shavkat Mirziyoev muhim masalada boshlangan yig`ilish avvalida O`zbekiston Qahramoni Lolaxon Murodovani xotirladi'ning rasmi

Prezident raisligida videoselektor yig`ilishi boshlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati yozmoqda

Davlatimiz rahbari so`zining avvalida O`zbekiston Qahramoni Lolaxon Murodovani xotirladi:

“Men Lolaxon opani ko`p yillardan buyon juda yaxshi bilar edim. Oxirgi paytlarda betob bo`lib, davolanayotgan edilar. Biz u kishi bilan doimo gaplashib, samimiy muloqot qilar edik. Xastaliklariga qaramasdan, har doim ko`tarinki kayfiyatda bo`lib, el-yurt tashvishi, o`z kasbiga sadoqat bilan yashadilar. Halol va fidokorona mehnatdan bir daqiqa ham to`xtamadilar.

Lolaxon opa hayoti davomida juda ko`p qiyinchilik va sinovlarni boshidan o`tkazdilar. Mustahkam irodasi va matonatini namoyon etib, faqat oldinga intilib yashadilar. Opaning ulkan g`ayrat va shijoatiga qoyil qolardim.

Haqiqiy o`zbek dehqon ayoli timsoliga aylanib, davrimizning chinakam qahramoni sifatida yashadilar.

Ishonchim komil, Lolaxon opa yaratgan katta maktabni u kishining shogirdlari, o`nib-o`sib kelayotgan yoshlarimiz albatta munosib davom ettiradi. Bu fidoyi va vatanparvar yurtdoshimizning yorqin xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi”.

    Boshqa yangiliklar