AsosiyJamiyat

Ko`p hokimlar narx-navoga e`tibor qilmasdan, jilovni qo`lidan chiqarib yuborgan — Shavkat Mirziyoev

'Ko`p hokimlar narx-navoga e`tibor qilmasdan, jilovni qo`lidan chiqarib yuborgan — Shavkat Mirziyoev'ning rasmi

Prezident yig`ilish davom etmoqda. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Dunyoda kun sayin oziq-ovqat bilan bog`liq cheklovlar va narxlarning o`sishi kuchaymoqda. Albatta, bu bizga ham ta`sir ko`rsatmoqda.

Lekin, hamma viloyat, tuman va shahar hokimlari ham dunyoda bo`layotgan vaziyatni baholab, ishini to`g`ri tashkil qilayotgani yo`q. Buni bozorlarimizdagif narx-navo ko`rsatib turibdi.

Jumladan, may oyida inflyasiya darajasi 1 foizga oshib, bu o`tgan yilga nisbatan yuqori bo`ldi.

Albatta, narx-navoning o`sishiga jahon bozorlarida bug`doy narxi 50 foizga, o`simlik yog`i – 33 foizga, shakar – 14 foizga, neft – 47 foizga oshgani bevosita ta`sir ko`rsatmoqda.

Bunday sharoitda hokimlar barcha ichki imkoniyatlarni safarbar etib, bozorlarni mahsulotlar, eng muhimi – oziq-ovqat bilan to`ldirish uchun ikki karra ko`proq ishlashlari shart.

Lekin, ko`p hokimlar narx-navoga e`tibor qilmasdan, jilovni qo`lidan chiqarib yuborgan”, dedi Prezident yig`ilishda.

Uch kun muddatda barcha mahalla va qishloqlarda asosiy mahsulotlar bilan ta`minlash darajasini o`rganib, kerak bo`lsa, boshqa hududlardan tezkorlik bilan etkazib berish vazifasi qo`yildi.

    Boshqa yangiliklar