Prezident yig`ilish davom etmoqda. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Asosiy maqsadimiz – aholini rozi qilish ekanini bir zum ham unutmaslik lozim. Narxlarni sun`iy ushlab turib, bu masalada ko`zbo`yamachilik yoki ura-urachilikka yo`l qo`yib bo`lmaydi”, dedi Prezident.
Barcha sharoitlar yaratib berilganiga qaramay, 8 ta viloyatda parranda go`shtini etishtirish aholi talabining 70 foizini ham ta`minlamayotgani tanqid qilindi.
Parrandachilik xo`jaliklari bilan uchrashuvlarda 20 dan ortiq muammo va takliflarni ko`tarilgan. Jumladan, parrandachilik yo`nalishidagi 50 dan ziyod yirik korxona 50 foiz quvvatda ishlamoqda. Sababi - hududlarda loyihalarni tanlash va joylashtirish ishlari to`g`ri yo`lga qo`yilmagan.
Bugungi kunda bir dona tuxumning o`rtacha tannarxi 1 ming so`m bo`lsa, uning ulgurji narxi 900 so`mdan oshmayapti.
“Parrandachilik korxonalari rahbarlari vaziyatni tushunib, tuxum narxini oshirmayapti, buning uchun ularga rahmat.
Lekin qaysi viloyat, tuman va shahar hokimi ular bilan uchrashib, ozuqa em, transport, aylanma mablag` masalalarida yordam berayapti, degan savolga, afsuski, ijobiy javob yo`q”, dedi Prezident.






