AsosiyJamiyat

Prezident parrandachilik xo`jaliklarini em bilan ta`minlash masalasini to`liq hal qilish vazifasini qo`ydi

'Prezident parrandachilik xo`jaliklarini em bilan ta`minlash masalasini to`liq hal qilish vazifasini qo`ydi'ning rasmi

Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Buning uchun:

- parrandachilik xo`jaliklariga bug`doy sotib olish uchun 400 milliard so`m revolver kredit ajratiladi;

- parrandachilik korxonalarining aylanma mablag`larini ko`paytirish uchun olinadigan tijorat kreditlarga Tadbirkorlik jamg`armasidan garov ta`minotining 50 foiziga kafillik berish va 17 foizdan oshgan qismini kompensasiya qilish tizimi joriy qilinadi;

- pandemiya davrida parrandachilik korxonalarining jami 834 milliard so`m, shundan 2022 yilda 400 milliard so`m olgan kreditlari muddati uzaytiriladi.

Bu sharoitlardan foydalanib, mutasaddilar viloyat hokimlari bilan birga, parranda go`shti ishlab chiqarishni yil yakuniga qadar kamida 35 foizga oshirib, 600 ming tonnaga etkazishi shartligi ko`rsatib o`tildi.

Parranda mahsulotlari bozorini tahlil qilish va loyihalarni to`g`ri joylashtirish maqsadida mahsulotlarni ishlab chiqarishdan sotishgacha bo`lgan barcha jarayonlarni raqamlashtirish topshirildi.

    Boshqa yangiliklar