Turkiya Qora dengizdan qazib olinadigan gazni 2023 yilning birinchi choragida iste`mol qilishni boshlaydi, deya ma`lum qildi O`zA mamlakat vise-prezidenti Fuat Oqtoyga tayanib.
Turkiya Qora dengizdan 540 milliard kub metr gazni qazib olish va tashish uchun qariyb 10 milliard dollar investisiya kiritadi, deb yozgandi "Sabax" gazetasi.
"Men barcha fuqarolarimizga ushbu yaxshi xabarni etkazmoqchiman, ular 2023 yilning birinchi choragidan boshlab Qora dengizdan qazib olinadigan gazni o`z oshxonalarida yoqa boshlaydi", – deya keltiradi Oqtoyning so`zlarini Star gazetasi.
Bundan avvalroq energetika va tabiiy resurslar vaziri Fotih Donmez Turkiya Qora dengizdagi gazni qazib olish va etkazib berishning yangi dasturini belgilab oladi, deb bayonot bergan edi. Shuningdek, u Anqara talab va taklif muvozanatini buzmaslik uchun qisqa muddatli va o`rta muddatli shartnomalarni ma`qul ko`rishini aytgan edi.






