Haydovchining yonidagi yo`lovchi xavfsizlik kamarini taqmagani uchun qo`llaniladigan jarimalar ijtimoiy tarmoqlarda kattagina bahs va munozaralarga sabab bo`lmoqda.
Ayni shu bahsli savolga Toshkent shahar Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi O`zAga javob berdi:
Ta`kidlanishicha, xavfsizlik kamarini taqmagan yo`lovchi bo`yicha qonunchilikka takliflar kiritilgan bo`lib, hozirda ko`rib chiqilmoqda. Ayni vaqtda xavfsizlik kamarini taqmagan yo`lovchiga nisbatan jarima qo`llanilmaydi.





