AsosiyJamiyat

Prezident chorvachilikni rivojlantirmagan 7 ta hokimni qat`iy ogohlantirdi

'Prezident chorvachilikni rivojlantirmagan 7 ta hokimni qat`iy ogohlantirdi'ning rasmi

Prizident matbuot kotibining xabar berishicha, davlat rahbari raisligida o`tkazilgan yig`ilishda joriy yilda 170 ta yirik chorvachilik loyihalari va xonadonlarda kooperasiya orqali 249 ta loyihani amalga oshirish belgilangan.  

Buning uchun, fevral oyida qabul qilingan qaror bilan chorvachilik xo`jaliklariga:

  •  go`shtning har bir kilogrammi uchun to`lanadigan subsidiya 2 ming so`mdan 4 ming so`mga, sutning har bir litri uchun 200 so`mdan 400 so`mga oshirildi;
  •  olib kelinadigan qishloq xo`jaligi texnikasi barcha to`lovlardan ozod etildi;
  •  sohaga 170 million dollar imtiyozli kredit liniyalari ochildi;
  •  200 ming gektardan ziyod paxta va g`alla maydonlariga ozuqabop ekinlarni almashlab ekish belgilab olindi.

Andijon, Buxoro, Farg`ona va Xorazm viloyatlarida paxtachilik-to`qimachilik klasterlari tomonidan amaliy ishlar boshlanib, 18 ming boshli 35 ta chorvachilik xo`jaliklari ishga tushirildi.

Lekin Surxondaryo, Samarqand, Sirdaryo, Qashqadaryo, Namangan, Jizzax va Toshkent viloyatlarida 35 ming boshli 70 ta loyiha bo`yicha chorva komplekslarini ishga tushirish kechikmoqda.

Prezident ushbu viloyatlar hokimlarini qat`iy ogohlantirdi.

    Boshqa yangiliklar