AsosiyJamiyat

Davlat muzeylariga soat 22:00 gacha xizmat ko`rsatish huquqi beriladi

'Davlat muzeylariga soat 22:00 gacha xizmat ko`rsatish huquqi beriladi'ning rasmi

“Muzeylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident qarori (PQ–261, 27.05.2022 y). qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Qarorga muvofiq, 2022 yil 1 iyuldan:

  • davlat muzeylariga har kuni soat 22:00 gacha xizmat ko`rsatish huquqi beriladi;
  • zaruratga ko`ra, davlat muzeylari tungi ish vaqti muddatlarini belgilashi mumkin;
  • pulli xizmatlar ko`rsatishda ishtirok etgan muzey xodimlariga qo`shimcha to`lovlar to`lanadi va ular moddiy rag`batlantiriladi;
  • davlat muzeylariga fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida qo`shimcha xodimlarni jalb etishga ruxsat beriladi.

 Davlat tashkilotlari va muassasalari o`zlari ishlab chiqarayotgan yangi turdagi muhim mahsulotlardan namunalarni davlat muzeylariga bepul beradi.

️ Qarorga ko`ra, 2022 yil 1 iyuldan aholidagi madaniy boyliklarni davlat muzeylari tomonidan qabul qilib olishni rag`batlantirish va ommalashtirishga qaratilgan “Milliy merosga mening hissam!” umumxalq aksiyasi tashkil etiladi.  

 “Moziyga sayohat” dasturi doirasida, jumladan:

  • ️“Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolar va nogironligi bo`lgan shaxslar davlat muzeylariga bepul kiritiladi;
  • ️“Daftar”larga kiritilgan fuqarolarning temir yo`l chiptalari hamda joylashtirish vositalarida turish xarajatlari to`liq hajmda tegishlicha “Temir daftar”,
  • “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” jamg`armalari hisobidan qoplanadi.

    Boshqa yangiliklar