Olaf Shols Germaniyada tez orada Evropadagi eng yirik armiya yaratilishini ma`lum qildi. Bu haqda kansler nemis OAVlariga bergan intervyusida aytgan, deya yozmoqda Zamon.uz' nashri.
“Germaniya tez orada NATO doirasida Evropadagi eng yirik odatiy armiyaga ega bo`ladi”, – degan siyosatchi.
Sholsning qo`shimcha qilishicha, bu Berlin va uning ittifoqchilari xavfsizligini sezilarli darajada kuchaytiradi. Bundan tashqari, Germaniya hukumati rahbari Ukrainaga harbiy yordam masalasida gapirgan. Uning so`zlariga ko`ra, uning mamlakati etarli darajada ko`mak bermayotgani uchun noo`rin tanqid qilinmoqda.
“Biz qurol berganmiz va bundan buyon ham ko`proq harbiy yordam etkazib beramiz”, – deya qayd etgan kansler.






