Qashqadaryo viloyati, G`uzor tumani Abduhamid qishlog`idagi xonadonda eshak so`yilayotgani haqida xabar qilgan murojaatchi ayol kaltaklandi. Bu haqda "Nasafnews” xabar berdi.
Ayolning so`zlariga ko`ra, voqea qo`shnisining eshak so`ygani haqida OAVga xabar qilganidan so`ng sodir bo`lgan. Ta`kidlanishicha, eshak so`ygani aytilayotgan xonadon bekasi Sh. A urib, tan jarohati etkazgan. Boshqa qo`shnilar ikki qo`shnining janjalini to`xtatib qolishgan. Ma`lum bo`lishicha, ayni vaqtda kaltaklangan murojaatchi shifoxonada davolanmoqda.
"Juda xavotirdaman. Uyda farzandlarim bor. Ularni ham urib ketishlaridan qo`rqyapman", - deydi u.
Ma`lumot uchun, G`uzor tumani hokimligi kaltaklangan ayolning murojaatini nazoratga olgan.






