Prezidentning tegishli qarori bilan Andijon shahrida Andijon davlat chet tillari instituti faoliyati yo`lga qo`yildi.
Institutda o`quv jarayoni 2022/2023 o`quv yilidan boshlanadi hamda talabalarga ikkita xorijiy til bo`yicha kvalifikasiya beriladi.
Bakalavriat ta`lim yo`nalishlariga 2023/2024 o`quv yilidan boshlab kirish imtihonlarida fanlar majmuasidagi chet tili fanidan 4 ta ko`nikmani (tinglab tushunish, o`qish, yozish va gapirish) baholashga qaratilgan kasbiy (ijodiy) imtihon o`tkaziladi.
Bunda:
- chet tilini bilish darajasi B2 va undan yuqori milliy yoki unga tenglashtirilgan xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo`lgan abiturientlarga imtihonsiz maksimal ball beriladi;
- chet tili fanidan kasbiy (ijodiy) kirish imtihonlari Davlat test markazi tomonidan amalga oshiriladi.
Magistraturaga kirishda S1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan xalqaro tan olingan sertifikat va bakalavriat diplom balining o`rtacha ko`rsatkichi inobatga olinadi hamda qo`shimcha imtihonlar o`tkazilmaydi.
◾️S1 darajasidan kam bo`lmagan milliy yoki unga tenglashtirilgan xalqaro tan olingan sertifikatga ega o`qituvchilarga har oylik 50 foiz miqdorida qo`shimcha ustama haqi to`lab boriladi.
O`quv jarayoniga malakali xorijiy mutaxassislar jalb qilinadi.
Talabalar amaliyot o`tashi uchun ularni hududdagi korxonalar, turizm va madaniy meros ob`ektlari, ta`lim va boshqa tashkilotlarga biriktirish hamda yuqori kurs talabalarini ish haqi to`lanadigan tizim orqali band qilish choralari ko`riladi.






