AsosiyJamiyat

Toshkentdagi sexlardan birida yong`in sodir bo`ldi

'Toshkentdagi sexlardan birida yong`in sodir bo`ldi'ning rasmi

FVV Matbuot xizmatining xabariga ko`ra, bugun, 31 may kuni soat 18:11 da Toshkent shahar Yangihayot tumani Nilufar ko`chasida joylashgan sexda yong`in sodir bo`layotganligi to`g`risida shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.

Shunga ko`ra, 6 ta yong`in-qutqaruv ekipaji, 2 ta maxsus texnika zudlik bilan voqea joyiga etib borib, yong`in soat 18:28 da qurshab olinib, soat 18:51da to`liq bartaraf etilgan.

Yong`in natijasida binoning sendvich panelli tom yopmasining taxminan 300 kv.m maydoni yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo`lganlar yo`q. Tezkor harakatlar natijasida yong`indan binodagi mahsulotlar saqlab qolindi. Ayni vaqtda yong`inning kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda, deyilgan xabarda.

    Boshqa yangiliklar