Prezidentning “Iste`mol bozorlarida narxlar barqarorligini ta`minlashga va monopoliyaga qarshi choralarning ta`sirchanligini oshirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Farmoni qabul qilindi.
Hujjatga ko`ra:
2022 yil 1 maydan boshlab 2023 yil 1 yanvarga qadar:
➖ bir qator tovarlarni (ilova) olib kirishda bojxona bojlarining nol stavkalari belgilanadi;
➖ savdo-iqtisodiy munosabatlarda eng ko`p qulaylik berish rejimi nazarda tutilmagan mamlakatlarda ishlab chiqarilgan tovarlarga nisbatan bojxona bojining ikki baravar stavkasi qo`llanilmaydi.
Quyidagilarni 2022 yil 1 iyundan boshlab O`zbekiston bojxona hududidan tashqariga olib chiqish (eksport qilish) vaqtinchalik taqiqlanadi:
➖ o`simlik yog`i, shu jumladan, paxta, kungaboqar yog`i, bundan amaldagi kontraktlar (shartnomalar) doirasida 2022 yil 1 iyunga qadar oldindan to`lovlar amalga oshirilgan holatlar, shuningdek, O`zbekiston “bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimida qayta ishlanganlari mustasno;
➖ kungaboqar urug`lari (TIF TH kodi 1206 00) hamda boshqa yog` o`simliklarining urug`lari va mevalari (TIF TH kodi 1207), bundan qonunchilikda belgilangan holatlar mustasno.
Vazirlar Mahkamasiga mazkur tovarlarning ichki bozorda etarli hajmi mavjud bo`lgan taqdirda, ushbu bandda ko`rsatilgan tovarlar eksportini qayta tiklash huquqi berildi.
2023 yil 1 yanvarga qadar quyidagilar:
➖ Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 29 yanvardagi “Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo`llab-quvvatlash chora-tadbirlari tug`risida”gi 41-son qarorida nazarda tutilgan davlat buyurtmachilari tomonidan davlat xaridlari doirasida import qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olish bo`yicha cheklovlar;
➖ O`zbekistonga olib kiriladigan oziq-ovqat mahsulotlarini davlat tilida majburiy markirovka qilish tartibi vaqtinchalik to`xtatiladi.






