Ukraina kuniga 60-100 tagacha askar yo`qotmoqda. Bu haqda Vladimir Zelenskiy Newsmax telekanaliga bergan intervyusida ma`lum qildi, deya yozmoqda "Zamon" nashri.
“Ukraina sharqidagi vaziyat og`irligicha qolmoqda. Biz kuniga 60-100 tagacha askar yo`qotmoqdamiz. 500 ga yaqin harbiy yaradorga aylanmoqda”, – degan u.
Uning qo`shimcha qilishicha, sharqda mudofaa chizig`i ushlab turilibdi, Xarkovda esa qarshi hujumlar amalga oshirilmoqda.
Zelenskiy Kiev hech bir hududni Rossiyaga bermasligini ta`kidlagan.
“Biz qaysidir hududni bermoqchi emasmiz. Chunki, bu bizning hudud, bizning suverenitet. Ammo ayrim hududlar bilan bog`liq qiyinchiliklar bor. Bu masalalar muhokama qilinishi mumkin”, – deb qayd etgan prezident.






