AsosiyJamiyat

Emomali Rahmonning Toshkentga tashrifi oldidan ilmiy-amaliy konferensiya o`tkazildi

'Emomali Rahmonning Toshkentga tashrifi oldidan ilmiy-amaliy konferensiya o`tkazildi'ning rasmi

Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonning O`zbekistonga tashrifi arafasida Toshkent shahridagi Markaziy Osiyo Xalqaro institutida “O`zbekiston va Tojikiston strategik sherikchiligining Markaziy Osiyoda barqaror rivojlanishini ta`minlashdagi roli” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo`lib o`tdi. Bu haqda darakchi.uz muxbiri xabar bermoqda.   

Konferensiyada so`zga chiqqan Markaziyy Osiyo Xalqaro institituti direktori Anvar Nosirov, O`zbekiston  Respublikasi Tashqi ishlar vazirining o`rinbosari Furqat Sidiqov, O`zbekiston Respublikasining Tojikistondagi favqulodda va muxtor elchisi Ergash Shoismatov, Tojikistonning O`zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Abdujabbor Rahmonzoda, Tojikiston Milliy fanlar akademiyasi Prezidenti Farhod Rahimiy va boshqalar har ikki mamlakat o`rtasidagi strategik sherikchililikning bugungi holati va istiqboldagi vazifalar xususida so`z yuritdilar.  

Eslatib o`tamiz, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonning O`zbekistonga rasmiy tashrifi joriy yilning 2-3 iyun kunlari bo`lib o`tishi belgilangan.

    Boshqa yangiliklar