AsosiyJamiyat

Chetdan kiritiladigan oziq-ovqat mahsulotlarini o`zbek tilida majburiy markirovkalash to`xtatiladi

'Chetdan kiritiladigan oziq-ovqat mahsulotlarini o`zbek tilida majburiy markirovkalash to`xtatiladi'ning rasmi

“Iste`mol bozorlarida narxlar barqarorligini ta`minlashga va monopoliyaga qarshi choralarning ta`sirchanligini oshirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Prezident farmoni (PF–145-son, 31.05.2022 y.) qabul qilindi.  Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Farmonga ko`ra, 2022 yil 1 maydan 2023 yil 1 yanvargacha bir qator tovarlarni (jumladan, baliq, yangi yoki quritilgan sitrus mevalari (limondan tashqari), margarin va boshqa) olib kirishda bojxona bojlarining nol stavkalari belgilandi.

2022 yil 1 iyundan quyidagilarni O`zbekistondan tashqariga olib chiqish (eksport qilish) vaqtinchalik taqiqlandi:

  • ️o`simlik yog`i, shu jumladan paxta, kungaboqar yog`i;
  • ️kungaboqar urug`lari hamda boshqa yog` o`simliklarining urug`lari va mevalari.

 

 2023 yil 1 yanvargacha davlat buyurtmachilari tomonidan davlat xaridlari doirasida import qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olish bo`yicha cheklovlar hamda O`zbekistonga olib kiriladigan oziq-ovqat mahsulotlarini davlat tilida majburiy markirovka qilish tartibi vaqtinchalik to`xtatiladi.  

2022 yil 1 avgustgacha asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini qo`shimcha jamlash va ochiq bozorga intervensiya qilish mexanizmi joriy qilinadi. 

    Boshqa yangiliklar