AsosiyJamiyat

O`zbekistonda 2 iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma`lumoti e`lon qilindi

'O`zbekistonda 2 iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma`lumoti e`lon qilindi'ning rasmi

"O`zgidromet" 2 iyun kuni respublika hududlarida kuzatiladigan ob-havo ma`lumotini e`lon qildi.

Unga ko`ra, Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 16–18 daraja, kunduzi 31–33 daraja bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib g`arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 18–23 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 15–20 daraja, kunduzi 30–35 daraja bo`ladi.

Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib g`arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 18–23 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 13–18 daraja, kunduzi 30–35 daraja bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 13–18 daraja, kunduzi 29–34 daraja bo`ladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 18–23 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 14–19 daraja, kunduzi 32–37 daraja bo`ladi.

Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5–10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 13–18 daraja, kunduzi 28–33 daraja bo`ladi.

Respublikaning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momoqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 18–23 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8–13 daraja, kunduzi 18–23 daraja bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar