AsosiyJamiyat

Mirishkor tuman hokimi o`rinbosari avtohalokatga uchrab, vafot etdi

'Mirishkor tuman hokimi o`rinbosari avtohalokatga uchrab, vafot etdi'ning rasmi

Mirishkor tuman hokimi o`rinbosari - investisiyalar va tashqi savdo bo`limi boshlig`i lavozimida ishlagan Begzod Boborojabov olamdan o`tdi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi. 

"Ishchanlik salohiyati, ertani aniq ko`ra bilishi, murakkab paytlarda ham eng to`g`ri yo`lni tanlay bilishi va manzil sari og`ishmay, sabr toqat, matonat bilan harakat qilishdek qobiliyatlari bilan barchamizning ko`nglimizda mangu qoladi. Mirishkor tuman hokimligi va keng jamoatchilik marhumning oila a`zolari va yaqinlariga chuqur ta`ziya izhor etadi", - deyiladi hokimlik ta`ziyasida. 

OAVda e`lon qilingan ma`lumotlarga ko`ra, o`rinbosar Sirdaryo viloyatida sodir bo`lgan "Howo" va "Jentra" rusumli mashinalar ishtirokidagi YTHda vafot etgan.  

    Boshqa yangiliklar