“Toshkent shahrida barpo etilayotgan er usti metro liniyalari ostida joylashgan er uchastkalaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Hukumat qarori (291-son, 01.06.2022 y.) qabul qilindi
Qarorga ko`ra, Toshkent metropolitenining “Do`stlik–Qo`yliq” er usti metro yo`nalishi 1–5 bekatlari oralig`idagi er maydonlaridan samarali foydalanish maqsadida quyidagilar tashkil etiladi:
▫️piyodalar va velosiped yo`laklari;
▫️avtoturargohlar;
▫️aholi sayr qilishi uchun sayilgohlar;
▫️bolalar va sport maydonchalari.
Er usti metro yo`nalishlari ostida joylashgan tegishli er maydonlari xatlovdan o`tkazilgan holda ularning er usti metro yo`nalishlari faoliyatiga ta`sir qilmaydigan qismi Toshkent shahar hokimligi zaxirasiga o`tkaziladi.
Ushbu er maydonlari fudtrak hamda engil turdagi qurilmalarni qurish va joylashtirish uchun “E–Auksion” elektron savdo platformasi orqali 5 yil muddatga ijara huquqi bilan, istisno tariqasida, 12 oyga teng ulushlarda bo`lib to`lash sharti bilan savdoga chiqariladi.
Auksion savdolari orqali olingan er uchastkalarida savdo va xizmat ko`rsatish, tayyor holdagi ovqatlanish mahsulotlari bilan savdo qilish shoxobchalari, kitob do`konlari, avtoturargohlar hamda madaniy hordiq chiqarish va sport maskanlari barpo etiladi.