AsosiyJamiyat

Maktablarda 1-sinfga qabul 20 iyundan boshlanadi

'Maktablarda 1-sinfga qabul 20 iyundan boshlanadi'ning rasmi

Umumta`lim maktablarining 1-sinfiga qabul jarayonlari 20 iyundan boshlanadi. Bu haqda Xalq ta`limi vaziriligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Maktablarga biriktirilgan mikrohudud bo`yicha qabul jarayonlari joriy yilning 20 iyunidan 31 iyuliga qadar amalga oshiriladi.

Umumta`lim maktablarining o`quvchi o`rni, malakali pedagog kadrlar bilan ta`minlanganligi, sinf xonalarining o`quv mebellari bilan jihozlanganligidan kelib chiqib, umumta`lim maktablarining bo`sh o`rinlariga mikrohududdan tashqari qo`shimcha qabul jarayonlari 2022 yilning 1-15 avgust kunlari amalga oshiriladi.

Shuningdek, ota-onalarga qulaylik yaratish maqsadida Toshkent shahri, Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlarning markazidagi umumta`lim maktablarida 1-sinfga qabul jarayonlari ELEKTRON ShAKLDA amalga oshiriladi.

Qolgan hududlar Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlarning boshqa tuman (shahar)laridagi umumta`lim maktablarida 1-sinfga qabul an`anaviy shaklda, ya`ni bevosita maktabda amalga oshiriladi.

Shu o`rinda yana bir bor eslatib o`tamiz! Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq, umumta`lim maktablarining 1-sinfiga bolalar 7 yoshga to`ladigan yilda qabul qilinadi.

Ya`ni, yangi 2022-2023 o`quv yilida 2015 yilning 1 yanvaridan 31 dekabriga qadar tug`ilgan bolalar 1-sinfga qabul qilinadi.

Qabul jarayonlari haqida qo`shimcha ma`lumot olish uchun maktab ma`muriyatiga murojaat qilishingiz mumkin, deyiladi xabarda.

 

    Boshqa yangiliklar