AsosiyDunyo

AQSh yana 17 nafar rossiyaliklarga nisbatan sanksiya joriy etdi

'AQSh yana 17 nafar rossiyaliklarga nisbatan sanksiya joriy etdi'ning rasmi

AQSh moliya vazirligi Rossiyaga qarshi sanksiyalar ro`yxatini yangilab, unga 17 nafar rossiyalik shaxsni kiritdi, deb yozmoqda Zamon.uz' internet nashri.

Xabarda aytilishicha, ushbu ro`yxatda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova, Rossiya Federasiyasi qurilish vaziri Irek Fayzullin, Rossiya Federasiyasi Iqtisodiy rivojlanish vazirligi boshlig`i Maksim Reshetnikov, Rossiya Federasiyasi Transport vazirligi rahbari Vitaliy Savelev va boshqalar bor.

Amerika texnologiyalari va dasturiy ta`minotidan foydalanishdan mahrum bo`lganlar ro`yxatiga Rossiya Federasiyasi va Belarusdan yana 71 kishi qo`shildi.

Bundan tashqari, rossiyaliklarga aloqador 7 ta yaxta va 3 ta samolyotga nisbatan sanksiyalar joriy etilgan.

Eslatib o`tamiz, bugun Rossiyaga qarshi sanksiyalarning oltinchi paketi Evropa Ittifoqi tomonidan ma`qullangan edi.
Ukraina rahbariyati Rossiya Federasiyasiga nisbatan qo`llanilgan cheklov choralarini etarli emas, deb hisoblaydi, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar