AsosiyJamiyat

Do`l, yomg`ir, sel... Dam olish kunlari O`zbekistonda qanady ob-havo kuzatilishi ma`lum qilindi

'Do`l, yomg`ir, sel...   Dam olish kunlari O`zbekistonda qanady ob-havo kuzatilishi ma`lum qilindi'ning rasmi

"O`zgidromet" 3-5 iyun kunlari O`zbekistonda kuzatilishi kutilayotgan ob-havo haqida ma`lumot berdi.

Unga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekiston hududi respublikaning shimoli-sharqiy hududlari ustida shakllangan yuqori siklon ta`siri ostida bo`ladi. Ko`pchilik viloyatlarda quruq va shamolli ob-havo bo`lishi kutilayotgani aytilmoqda. Ba`zi joylarda shamol tezligi kuchayish vaqtida 18-23 m/s ga etishi va chang-to`zonlari bilan kuzatilishi mumkin. Kunning ikkinchi yarmida Toshkent viloyatida, Farg`ona vodiysi viloyatlarida, respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida ba`zi joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, ayrim joylarda do`l yog`ishi mumkin. Havo harorati kunduzi 25-30° dan oshmaydi.

Qayd etilishicha, ertaga ob-havoning beqarorligi faqat respublikaning sharqiy hududlarida saqlanib turadi. Tog` oldi va tog`li hududlarda, kechasi va ertalab Farg`ona vodiysi viloyatlarida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida quruq va kam bulutli ob-havo bo`ladi. Markaziy va janubi-sharqiy viloyatlarning ayrim hududlarida ba`zi joylarda chang-to`zonlari bilan shamolning kuchayishi kutilmoqda. Havo harorati 27-32° atrofida bo`ladi.

Yakshanba kuni esa respublikaning barcha hududlari bo`yicha deyarli quruq va kam bulutli ob-havo bo`ladi. Faqat ayrim tog` oldi va tog`li hududlarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi mumkin. Kunduzi harorat 33-35° gacha, shimolda, janubda va cho`l hududlarida 36-37° gacha ko`tariladi.

Ma`lum qilinishicha, 3-4 iyunda tog` oldi va tog`li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Fuqarolardan ehtiyotkorlik chorlarini ko`rish so`larmoqda.

    Boshqa yangiliklar