AsosiyJamiyat

Maymunchechakni O`zbekistonga kirib kelishini oldini olish bo`yicha qanday ishlar qilinmoqda? Nurmat Atabekov oydinlik kiritdi

'Maymunchechakni O`zbekistonga kirib kelishini oldini olish bo`yicha qanday ishlar qilinmoqda? Nurmat Atabekov oydinlik kiritdi'ning rasmi

AOKAda o`tkazilayotgan “Maymun chechagi kasalligiga qarshi ko`rilayotgan epidemiologik chora-tadbirlar” mavzusidagi matbuot anjumanida shu kunlarda dunyoning qator davlatlarida tarqalayotgan maymun chechagi infeksiyasi va  uning O`zbekistonga kirib kelishini oldini olish bo`yicha qilinayotgan ishlar haqida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig`i o`rinbosari Nurmat Atabekov ma`lumot berdi, deya xabar bermoqda "Darakchi" muxbiri. 

"– Kasalliklarni chetdan kirib kelishining oldini olish maqsadida respublika bo`yicha bugungi kunda davlat chegaralarini kesishish joylarida 54 ta sanitariya-karantin punktlari faoliyat ko`rsatib kelmoqda, shulardan 36 tasi avtomagistral yo`llarida, 11 tasi Xalqaro aeroportlarida, 6 tasi temir yo`l va 1 tasi daryo portida tashkil etilgan.  

O`zbekiston Respublikasi hududiga chegaradan kirib kelayotgan yo`lovchilarni tibbiy-sanitariya ko`rigini yaxshilash maqsadida barcha Xalqaro aeroportlar va avtomagistral yo`llarda joylashgan yo`lovchi o`tish oqimi yuqori bo`lgan sanitariya-karantin punktlari zamonaviy teplovizorlar va kontaktsiz termometr (pirometr)lar bilan etarlicha ta`minlangan.  

Respublika chegara-bojxona postlarida sanitariya-karantin punktlarining ish faoliyati kuchaytirildi. Postlarda sanitariya-karantin punktlari xodimlari va boshqa chegara-bojxona postlari xodimlari hushyorligi oshirib borilmoqda", dedi Nurmatov. 

 

Sanepidxizmat  

Matbuot xizmati

    Boshqa yangiliklar