AsosiyJamiyat

Fiskal belgili chekni to`g`ridan-to`g`ri onlayn rejimda shakllantirish imkoni yaratildi

'Fiskal belgili chekni to`g`ridan-to`g`ri onlayn rejimda shakllantirish imkoni yaratildi'ning rasmi

Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga kiritilgan o`zgarishlarga muvofiq, tovar va xizmatlarini elektron tijorat platformalari (Marketpleys) orqali realizasiya qiluvchi tadbirkorlar uchun savdo operasiyasini elektron shaklda Davlat soliq qo`mitasiga yuborgan holda, fiskal belgili chekni to`g`ridan-to`g`ri shakllantirish imkoni yaratildi.

Mazkur qarorga asosan, Davlat reestriga kiritilmagan Marketpleysdan foydalanishga yo`l qo`yilmaydi.

Marketpleyslarni davlat reestriga kiritish uchun Ariza bilan Davlat soliq qo`mitasiga murojaat qilinadi.

Arizaga (havola) kuyidagi hujjatlar ilova qilinishi lozim:

  • Marketpleys dasturiy mahsulotining texnik va funksional tavsiflariga muvofiqligi yuzasidan fiskal ma`lumotlar operatorining xulosasi;
  • Shakllantirilgan elektron kassa cheklari namunalari;
  • Marketpleys tizimining etalon elektron namunasi (APK va URL website);
  • Marketpleysning texnik va funksional tavsiflari batafsil ko`rsatilgan texnik pasport (yoki unga tenglashtirilgan hujjat) hamda kafolat majburiyatlari.
  • Shuningdek, arizada marketpleysning sall-markazi telefon raqami ko`rsatiladi.

Qayd etilishicha, soliq organlarining axborot tizimlari bilan integrasiya qilinishini ta`minlash bo`yicha qonunchilikda belgilangan talablarning yoki tartiblarning buzilishi holatlari, huquqbuzarga nisbatan:

  • Soliq kodeksing 227-1-moddasiga asosan moliyaviy sanksiya;
  • MJtKning 175-moddasi 6-qismiga asosan ma`muriy jarima solinishiga sabab bo`ladi.

Mazkur jarimalar Qonunga muvofiq, 2022 yil 12 iyundan boshlab kuchga kiradi.

Ma`lum qilinishicha, axborot tizimlarini to`g`ri integrasiya qilish borasida yuzaga kelishi mumkin bo`lgan masalalar bo`yicha tegishli tushuntirishlar beriladi va amaliy yordamlar ko`rsatiladi.

Murojaat uchun: +998 71 202-32-32 (ichki: 538, 541, 551).

    Boshqa yangiliklar