AsosiyDunyo

Rossiya 41 nafar kanadalikni mamlakatga kirishini taqiqladi

'Rossiya 41 nafar kanadalikni mamlakatga kirishini taqiqladi'ning rasmi

Rossiya Kanadaning sanksiyalariga javoban Ukrainadagi kuchlarni qo`llab-quvvatlovchi tashkilotlar rahbarlari, shuningdek, yuqori martabali harbiy amaldorlar uchun Rossiyaga kirishni doimiy ravishda yopdi, deya yozmoqda "Zamon" nashri. 

Rossiyaga kirishi cheklanganlar orasida Kanada mudofaa vazirining sakkiz nafar o`rinbosari va Kanada Milliy mudofaa shtabi boshlig`ining birinchi o`rinbosari ham bor. 

Eslatib o`tamiz, avvalroq Kanada Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Ukrainaga bostirib kirishi munosabati bilan yangi sanksiyalar kiritgan edi. Boshqalar qatorida Rossiya rahbarining amaldagi rafiqasi hisoblangan Alina Kabaeva ham “qora  ro`yxat”ga kiritilgan.

    Boshqa yangiliklar