Mirobod tumanida haydovchilik guvohnomasini olib berishni va`da qilgan o`quv tashkiloti rahbari ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar qildi.
Ma`lum qilinishicha, Departament hamda IIBning Mirobod tuman bo`limlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, “Vatanparvar” tashkiloti “Chilonzor o`quv sport texnika klubi” unitar korxonasi boshlig`i F.E. fuqaro J.ga “S” toifadagi haydovchilik guvohnomasini olish uchun 3 oylik o`quv mashg`ulotlarida qatnashmasdan, o`qiganlik haqidagi guvohnomani tayyorlab berishi evaziga dastlab, 1,5 so`mni qo`lga kiritib, qolgan 1 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar biln ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan JKning 192-9-moddasi (tijoratda pora evaziga og`dirib olish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






