Kecha Balx viloyatining Qaldar tumanida O`zbekiston tomonidan bundan avvalroq etkazilgan insonparvarlik yordamini topshirish marosimi bo`lib o`tdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA.
Ma`lum qilinishicha, tadbir ishtirokchilari O`zbekiston rahbariyatiga chuqur minnatdorlik bildirib, insonparvarlik yordami o`z vaqtida ko`rsatilayotganini alohida ta`kidladi.
Tuman rahbari M.Vali O`zbekistonning insonparvarlik yordami Afg`onistonning shimoliy hududlari, xususan, Balx viloyati aholisi farovonligini ta`minlashda muhim ahamiyat kasb etayotganini qayd etdi.
Un, o`simlik yog`i, bug`doy, guruch, makaron, konserva, kiyim-kechak va boshqa mahsulotlardan iborat oziq-ovqat to`plamlari, kiyim-kechak bir oy avval kuchli suv toshqini va sel sodir bo`lgan Qunduz, Samangan, Tahor va Juzjon viloyatlariga ham yuboriladi.






