Samarqand viloyati Oqdaryo tumanining Kumushkent tumanida o`lim bilan bog`liq YTX sodir bo`ldi. Bu haqda IIV viloyat boshqarmasi xabar berdi.
15 va 4 yoshli qizaloqlar piyodalar o`tish joyini kesib o`tayotganda, katta tezlikda kelayotgan "Nexia-3" haydovchisi piyodalarga yo`l bermasdan harakatni davom ettiradi. Buni ko`rib 5 yoshli qizcha qochishga harakat qilgan, mashina esa katta tezlikda kelayotgani uchun to`xtay olmagan va uni urib yuboradi.
Qoidabuzar haydovchi jabrlanuvchi va uning opasini shifoxonaga olib borgandan so`ng qochib ketgan. Og`ir tan jarohati olgan qizaloq shifoxonada vafot etadi.
Ushbu hodisa keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilindi






