AsosiyJamiyat

Sardor Umrzoqov Moskvada O`zbekiston-Rossiya hamkorligi masalalarini muhokama qilmoqda

'Sardor Umrzoqov Moskvada O`zbekiston-Rossiya hamkorligi masalalarini muhokama qilmoqda'ning rasmi

Joriy yilning 3-4 iyun kunlari Bosh vazir o`rinbosari - investisiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov boshchiligidagi O`zbekiston hukumati delegasiyasi Moskva shahriga (Rossiya) tashrif buyurdi. 

Ikki kunlik tashrif davomida Rossiya Federasiyasining bir qator rasmiylari, xususan, Hukumat Raisining o`rinbosari Aleksey Overchuk, tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov hamda iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov bilan uchrashuvlar bo`lib o`tdi.

Uchrashuvlar chog`ida ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati, amaldagi kelishuvlarning hayotga joriy etilishi, shuningdek, O`zbekiston-Rossiya munosabatlarini yanada rivojlantirishning muhim jihatlari muhokama qilindi.

Ikki mamlakat o`rtasidagi ko`p qirrali munosabatlarning barcha sohalarida mustahkam aloqalar hamda faol hamkorlik kuzatilayotganligi qayd etildi. Oldin kelishilgan loyihalar, dastur va tashabbuslarni ilgari surish bo`yicha birgalikdagi ishlarni davom ettirishga o`zaro sodiqlik bildirildi.

Investisiyaviy, savdo-iqtisodiy, sanoat, transport va logistika hamkorligi masalalariga alohida e`tibor qaratildi. Ikki davlat o`rtasidagi o`zaro manfaatli sheriklikni chuqurlashtirishning amaliy mexanizmlari bo`yicha mushtarak pozisiyalar ishlab chiqildi.

Uchrashuv yakunida tomonlarni qiziqtirgan masalalarni hal qilishga qaratilgan navbatdagi tadbirlar bo`yicha takliflar almashildi hamda o`zaro munosabatlarning ko`rib chiqilgan barcha yo`nalishlariga doir amaliy hamkorlik qilish yo`llari to`g`risida kelishib olindi.

 

    Boshqa yangiliklar