AsosiyJamiyat

12 mln. so`mdan ko`proqqa baholangan "prava" savdosi "pishmay qoldi"

'12 mln. so`mdan ko`proqqa baholangan "prava" savdosi "pishmay qoldi"'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda IIBning Mirobod tuman bo`limlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, “Vatanparvar” tashkiloti “Chilonzor o`quv sport texnika klubi” unitar korxonasi boshlig`i F.E. fuqaro J.ga “S” toifadagi haydovchilik guvohnomasini olish uchun 3 oylik o`quv mashg`ulotlarida qatnashmasdan, o`qiganlik haqidagi guvohnomani tayyorlab berishi evaziga dastlab, 1,5 million so`mni qo`lga kiritib, qolgan 1 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura departamenti.

Ma`lum qilinishicha, hozirda ushbu holat yuzasidan JKning 192-9-moddasi (tijoratda pora evaziga og`dirib olish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar